Oʻzbekiston Respublikasi Biatlon federatsiyasiga rais saylandi

0
6297

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Biatlon federatsiyasining navbatdan tashqari II konferensiyasida mudofaa vazirining oʻrinbosari Qodirjon Tursunov federatsiya raisi lavozimiga saylandi.

Video-konferensiya shaklida oʻtkazilgan yigʻilishda federatsiya raisi va rais oʻrinbosari lavozimlariga nomzodlar koʻrib chiqildi. Yigʻilish ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi oʻrinbosari Alisher Abdusamatov rais oʻrinbosari lavozimiga saylandi.

Konferensiya davomida shuningdek, federatsiyaning istiqboldagi rejalari belgilab olindi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning yanvar oyida Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Biatlon federatsiyasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan edi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti