Harbiy ta’lim muassasalari va harbiy qismlarda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

0
1939

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning mamlakat taraqqiyotiga daxldorlik hissini oshirish hamda Qurolli Kuchlar tizimida olib borilayotgan islohotlardan xabardor qilish maqsadida Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida Zangiota tumani Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Unda Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati kengashi, keng jamoatchilik vakillari, harbiy xizmatchilar va o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida o‘quvchilarga Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan bugungi islohotlar haqida ma’lumot berilib, institutda kursantlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquv xonalari, kutubxona, va mavjud oʻquv moddiy bazalari bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, harbiy psixologlar ishtirokida mavzuga doir davra suhbati ham tashkil etildi.

Institut bilan yaqindan tanishuv va harbiy xizmatchilar bilan bevosita kechgan mazmunli va samimiy suhbat yoshlarning harbiy sohaga qiziqishlarini yanada oshirgan bo‘lsa ajabmas.  

Tadbir yakunida “Ochiq eshiklar kuni” ishtirokchilari tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Shuningdek, Qurolli Kuchlar akademiyasida sirdaryolik yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlar harbiy xizmatchilar va kursantlar bilan bevosita muloqotga kirishib, akademiyada yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv sinflari va harbiy texnikalar bilan yaqindan tanishdi.

Bundan tashqari, Xayrobod garnizonidagi harbiy qismda Denov tumanida joylashgan umumta’lim maktablari o’quvchilari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti