Harbiy xizmatga oid qonunchilikdagi o‘zgarishlar

82

2019-yil 5-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Xavfsizlik va mudofaa soxasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-564-son Qonuni qabul qilindi.

Qonun bilan 10 dan ortiq qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Xususan, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi (436-II-son, 12.12.2002 yil) Qonuniga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra:

-Harbiy xizmatga birinchi marta chaqirilgan yoki ixtiyoriy ravishda (kontrakt bo‘yicha) kirgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i oldida Vatanga (hozirga jangovar bayroq oldida Harbiy qasamyod) qabul qiladilar;

– Vatanga qasamyodning yangi matni ishlab chiqildi;

– Muddatli harbiy xizmat muddati kalendar hisobida o‘n iki oy qilib belgilandi (hozirgacha oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimidagi xizmatchilar uchun – o‘n ikki oy (oliy malumotli shaxslar va chaqiruv bo‘yicha ofitserlar tarkibi lavozimlarida o‘tayotgan otitserlar uchun – to‘qqiz oy ) .

– Endilikda, harbiy xizmatni o‘tashga cheklovlar bilan yaroqli bo‘lgan shaxslar xam safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olinadilar (hozirgacha yaroqli, chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi muddatga chaqirilmagan shaxslar).

– Chaqiriluvchilarning harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarligi O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining o‘quv muassasalari boshqa nom bilan yani “Mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi chaqiruvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazlari” deb nomlanadigan bo‘ldi.

– Chaqiriluvchilarning mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi markazlardagi tayyorgarligini moliyalashtirish Markaziy Kengashi orqali emas Mudofaa vazirligi orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari va moliyalashtirishning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa manbalari hisobidan amalga oshiriladi.

– Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish umumtalim maktabidagi yoki o‘rta-maxsus talim muassasasidagi oxirgi o‘kish yilining aprel-may oylarida amalga oshiriladi (hozirgacha o‘n olti yoshga to‘lgan yili aprel — iyun oylarida amalga oshirilardi).

– Fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan yiliga bir marta mart-aprel oylarida o‘tkaziladi (hozirgacha fevral-mart oylarida o‘tkazilardi).

– Chaqiriluvchini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, uning ma’naviy va kasbiy fazilatlarini, shuningdek oila a’zolarining moddiy va ijtimoiy ahvolini o‘rganish natijalariga muvofiq tuman (shahar) chaqiruv komissiyasi qaroriga qo‘shimcha-yigirma yetti yoshga to‘lganligi sababli Qurolli Kuchlar zaxirasiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror xam chiqarishi mumkin.

– Endilikda, oliy talim muassasalaridagi talimning kunduzgi va kechki shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘z roziligi bilan safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatiga olinishi mumkin. Bunda talabalar bir oylik harbiy yig‘inlarni o‘tashga iyul-avgust oylarida jalb etiladi ( hozirgacha oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi o‘qishda tahsil olayotgan talabalar o‘qishni davom ettirishlari uchun ularning chaqirilish muddati o‘qishni tamomlagunlariga qadar kechiktirilardi).

– Harbiy xizmatga rezervdan yoki zaxiradan ixtiyoriy ravishda (kontrakt bo‘yicha) kirgan ofitserlarga oliy ta’lim muassasasidagi o‘qish hamda harbiy hisobdagi ixtisoslikka muvofiq keladigan lavozimlardagi ish staji, enlikda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda harbiy xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanadi.

– Rezervda bo‘lish yoshining chegarasiga yetgan yoki salomatligiga ko‘ra belgilangan tartibda harbiy hisobdan chiqarilgan xolda harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan harbiy xizmatga majburlar mudofaa ishlari organlari tomonidan iste’foga chiqarilib, harbiy ro‘yxatdan chiqariladi.

Adliya leytenanti Sh.Ernazarov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti