Faoliyat tahlili va istiqboldagi vazifalar

0
3114

Maʼnaviyati yuksak harbiy xizmatchida vatanparvarlik tuygʻusi ham mustahkam boʻladi. Uni shakllantirishda esa tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi mutaxassislarining hissasi katta.

Markaziy harbiy okrugda mazkur soha mutaxassislari bilan istiqboldagi vazifalarni belgilash hamda ularning oʻtkan oy mobaynidagi faoliyatida erishgan yutuqlarini munosib ragʻbatlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

Tadbirda Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Oybek Saidov okrug qoʻshinlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarligini yuksaltirishda ushbu soha mutaxassislarining oʻrni munosib ekanini alohida eʼtirof etdi.

Shuningdek, 2022-yil davomida Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar yoʻnalishida oʻtkaziladigan tanlovlarga jiddiy tayyorgarlik koʻrish hamda faqat va faqat yuqori natijalarga erishish uchun intilish kerakligini taʼkiladi.

Yigʻilish davomida ilgʻorlar tajribasini ommalashtirish, ustoz-shogird anʼanasini yanada shakllantirish, davlat va jamoat tashkilotlari bilan mustahkam hamkorlik ishlari va boshqa masalalar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati