Shahrisabzda kasb-hunar egallagan yoshlarning bitiruv marosimi boʻlib oʻtdi

0
3622

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahridagi 1-son kasb-hunar maktabi negizida tashkil etilgan Qurilish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash markazida navbatdagi bitiruvchilarga sertifikatlar topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Eslatib oʻtamiz, mamlakatimizning turli hududlarida tashkil etilgan bunday markazlar oʻz faoliyatini bevosita Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshiradi.

Shahrisabz shahridagi betakror Oqsaroy maydonida tashkil etilgan tantanali tadbirda markazning elektromontaj, elektrosvarka, boʻyoqchi-bezakchi, gipsokarton montajchisi, gʻisht terish ustasi kabi olti yoʻnalishini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga sertifikat, tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.

Tadbirda soʻz olganlar bitiruvchilarga berilgan bilim va koʻnikmalardan samarali foydalanib, malakali mutaxassis sifatida ish boshlashlarida muvaffaqiyatlar tilashdi.

Shuningdek, tadbir Qarshi garnizoni harbiy orkestri hamda Shahrisabz shahar madaniyat boʻlimi xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlarga ulanib ketdi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati