Soʻxda taktik oʻquv mashgʻulotlari boshlandi

0
3592

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Soʻx garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilarining jangovar tayyorgarligi sinovdan oʻtkazilmoqda.

Kuni kecha start olgan mazkur taktik oʻquv mashgʻulotlariga harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonining jangovar tayyorgarlik boʻyicha oʻrinbosari polkovnik Sodiq Asadov boshchilik qilmoqda.

Mashgʻulotlar avvalida soha yoʻnalishlari boʻyicha harbiy okrug masʼul ofitserlari tomonidan harbiy xizmatchilarga nazariy bilimlar yana bir bor yetkazilib, soʻngra uni amalda qoʻllash boʻyicha tushuntirishlar berib oʻtildi.

Shundan soʻng harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni oʻrinbosarining oʻquv mashgʻuloti maqsadi va uni oʻtkazish tartibi boʻyicha maʼruzasi tinglandi.

Nihoyat, yigʻin signali asosida yurt himoyachilari oʻquv mashgʻulotlarining amaliy bosqichiga kirishdilar. Jarayonda belgilangan meʼyoriy hujjatlar talablariga asosan harbiy xizmatchilar oʻzlariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishmoqda.

Uch kun davom etadigan ushbu taktik oʻquv mashgʻulotlari haqida kelgusida batafsil maʼlumot beramiz.

Podpolkovnik Faxriddin NUTFILLAYEV, Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati boshligʻi