Harbiy okrugda boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi oʻtkazildi

0
5009

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugda Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari toifasidagi mavjud boʻsh ish oʻrinlarini butlash maqsadida mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.

Nukus garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazida oʻtgan yarmarkada Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakillari ishtirok etdi. 50 nafardan ziyod ishga talabgor fuqarolar uchun yarmarkada harbiy okrugda mavjud boʻlgan 20 ga yaqin boʻsh ish oʻrinlari taqdim etildi.

Boʻsh lavozimlar uchun nomzodlar tanlanib, ularning hujjatlarini oʻrganish jarayoni boshlandi. Qolgan boʻsh lavozimlar uchun harbiy okrug kadrlar boʻlimi tomonidan nomzodlarni tanlash ishlari davom etmoqda.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati