Markazda yetuk mergan mutaxassislar tayyorlanyapti

0
3613

Har tomonlama yetuk mergan mutaxassislarni tayyorlashda Sharqiy harbiy okrug hududida joylashgan Mudofaa vazirligi Merganlar tayyorlash markazining oʻrni beqiyos sanaladi. Markazda bugun ham mashgʻulotlar izchil davom ettirilmoqda. Ijodiy guruhimiz bilan ularning tayyorgarlik jarayonini kuzatdik.

Dastavval harbiy xizmatchilar bilan ularning nazariy olgan bilimlari yuzasidan savol-javoblar oʻtkazildi. Shundan soʻng harbiy xizmatchilar noqulay sharoitlarda pozitsiyalarni egallab, shartli dushmanni yakson qilish mashgʻulotlarini amalda bajardilar. Bunda ularning tezkorligi, aniq va ishonch bilan harakatlanishi, niqoblanishi, shamolning yoʻnalishi va qarshiligini hisobga olishi hamda nishonni yuqori aniqlik bilan moʻljallashi eʼtiborga olindi.

Bunday mashgʻulotlar merganlarning jangovar vaziyatlarda toʻgʻri va tezkor qaror qabul qilish koʻnikmasini yanada oshiradi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati