Samarqandda harbiylar va ularning farzandlari uchun kitob yarmarkasi oʻtkazildi

0
606

Markaziy harbiy okrugning Samarqand garnizonidagi harbiy qismlardan birida “Kitobsiz ilm-maʼrifatga erishib boʻlmaydi” shiori ostida harbiy xizmatchilar va ularning farzandlari uchun kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Uzoqlarini yaqin qilgan ushbu qulaylik natijasida harbiy xizmatchilar harbiy qismning oʻzidayoq oʻzlari yoqtirgan badiiy adabiyotlar hamda farzandlari uchun yangi oʻquv qurollarini harid qilishdi.

 

– Yurtimizda kitobxonlik madaniyatini yanada yukaltirish, yosh avlodni mutolaaga undash kabi vazifalar olib borilayotgan islohatlarning ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari “Kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”, deya taʼkidlagan boʻlsa, sohibqiron bobomiz Amir Temur “Kitob – barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir”, degan. Ajdodlarimizning ushbu oʻgitini yod olib bugungi yarmarkani tashkil etdik, – deydi podpolkovnik Dilmurod Isroilov

Yarmarka yakunida Samarqand viloyati “Kitob savdo” MCHJ ning sarhisobiga koʻra eng koʻp xarid qilingan kitob “Temur tuzuklari” hamda “Oʻtkan kunlar” kitoblari boʻldi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati