O‘qituvchi va o‘quvchilarni birdek mamnun etgan voqea

0
345

1-оktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan Qashqadaryo viloyatida joylashgan harbiy qismlardan birining bir guruh harbiylari Shahrisabz tumani xalq taʻlim boʻlimiga qarashli “Ommagʻon” QFY da joylashgan 69-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiga tashrif buyurishdi.

Mazkur maktabda “Amir Temur” va “Jaloliddin Manguberdi” vatanparvarlik oʻquv sinfi barpo etilgan bo‘lib, ayyom doirasida oʻquv sinfi ochilishi ham o‘tkazildi. Unda tuman Xalq ta’lim bo‘limi xodimlari, hamkorlikdagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari va harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

 

Tadbirda harbiy qism tomonidan oʻquvchi yoshlarga 100 dan ortiq kitoblar jamlanmasi, Mudofaa vazirligi bayrogʻi va kompyuter jamlanmasi topshirildi.

Uyushtirilgan tashrif va o‘quv sinfining ochilishi ta’lim maskani o‘qituvchi hamda o‘quvchilarini birdek mamnun etdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti