Mudofaa vaziri oʻrinbosari Kosonsoydagi yoshlar yetakchilari faoliyati bilan tanishdi

0
5399

Mudofaa vazirining oʻrinbosari polkovnik Hamdam Qarshiyev va Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari masʼul ofitserlari mahallalardagi yoshlar yetakchilarining ishlari bilan tanishish hamda ularning ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Namangan viloyati Kosonsoy tumaniga tashrif buyurishdi.

Dastavval yoʻnalish boʻyicha tegishli qaror ijrosini taʼminlash yuzasidan shtab xodimlari bilan suhbat tashkil etildi. Unda mezbonlar yoshlar bilan ishlashda yangicha tamoyillarni joriy qilish, yoʻl xaritalarni tuzib, tadbiq etishda harbiy xizmatchilarning mehnati salmoqli boʻlayotganini taʼkidlab oʻtishdi.

Shundan soʻng vazir oʻrinbosari rahbarligidagi harbiy xizmatchilar mahalla yetakchilarining ish faoliyati bilan tanishib, oʻzlarining bir qator tavsiyalarini berishdi. Shu kuni harbiy xizmatchilar umumtaʼlim maktablaridagi oʻquvchi yoshlar bilan suhbatlashish maqsadida bir nechta maktablarda ham boʻlishdi. Yosh ixtirochilar, yosh texniklar toʻgaragi aʼzolari bilan suhbat qurish chogʻida isteʼdodli yoshlar oʻzlarining qoʻl mehnatlari asosida yaratgan texnikalarni namoyish qilishdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati