Pazanda, tejamkor va mohir bekalar aniqlandi

0
8447

Yaqinlashib kelayotgan 8-mart – xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasida Qurolli Kuchlar xizmatchilari boʻlgan xotin-qizlar oʻrtasida “Eng pazanda beka” nomli musobaqa oʻtkazildi.

Tadbirni Mudofaa ishlari boshqarmasi boshligʻi polkovnik Nazirjon Niyozmatov ochib berib, barcha xotin-qizlarni kutilayotgan ayyom bilan samimiy muborakbod etdi.

Ishtirokchilar milliy taom sanalgan osh pishirish boʻyicha oʻzaro bellashdilar. Har bir pazanda beka mahsulotlar sifati va taom tayyorlash jarayonlariga alohida eʼtibor qaratib, oʻz mahoratlarini namoyish etishdi.

Belgilangan vaqt davomida taomlar tayyor boʻlgach, hakamlar hayʼati tomonidan xolisona baholandi hamda dasturxon bezatish va taomning mazasiga qarab gʻoliblar aniqlandi.

Unga koʻra Iroda Rajabova 1-oʻrin, Dilbar Saydalimova 2-oʻrin va Mohinur Qudratova 3-oʻrinni egalladi. Shuningdek, musobaqada “Tejamkor va mohir pazanda” nominatsiyasida ham muvaffaqiyat qozonganlar aniqlanib, ularga tashkilotchilarning esdalik sovgʻalari topshirildi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati