Harbiy xizmatchilar bilan yongʻin xavfsizligi boʻyicha oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi

0
404

Sherobod garnizonida joylashgan harbiy qismda tuman yongʻin xavfsizligi boʻlimi bilan hamkorlikda yongʻin xavfsizligi boʻyicha nazariy va amaliy koʻrgazmali oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.

Mashgʻulot davomida harbiy xizmatchilarga biriktirilgan hudud va binolarda hamda xonadonlarda yongʻin xavfsizligini taʼminlash borasida bajarilishi lozim boʻlgan talablar, ishlab chiqiladigan meʼyoriy hujjatlar, avtomatik yongʻin signalizatsiyalari, yongʻinga qarshi zaxira suv taʼminoti, birlamchi oʻt oʻchirish vositalari, ulardan foydalanish, shuningdek, favqulodda yongʻin sodir boʻlganda kuch va vositalarni jalb etish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yetkazildi.

Shu bilan birga turli hodisalar yoki fuqarolarning loqaydligi oqibatida sodir boʻlayotgan yongʻinlarning oldini olish, bunday holatlarda insonlarning tan jarohati olish va halok boʻlishiga yoʻl quymaslik, yongʻinlarni boshlangʻich jarayonida bartaraf etish choralarini koʻrish maqsadida hamisha turar-joylarimizda yongʻin xavfsiligi qoidalariga rioya etishimiz, elektr hamda gaz moslamalaridan toʻgʻri foydalanishimiz zarurligi taʼkidlab oʻtildi.

 

– Agar har doim xavfsizlik qoidalariga rioya qilib borsak, oʻzimiz va atrofdagilarning hayotini, mol-mulkini yongʻindan saqlashga hissa qoʻshgan boʻlamiz, – deydi Termiz garnizoni yongʻin nazorati inspeksiyasi boshligʻi podpolkovnik Oybek Yusupov.

Tadbirda yongʻin xavfsizligi boʻlimi tomonidan olib kelingan yongʻin oʻchirish mashinasi koʻrgazma sifatida koʻrsatildi hamda yongʻin xavfsizligi xodimlari tomonidan oʻt oʻchirish moslamalari va ularning toʻgʻri foydalanish boʻyicha maʼlumotlar berildi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni