Harbiy xizmatchilar tungi sharoitdagi mashgʻulotda

0
2941

Qoʻshinlarning jangovar salohiyati yanada ortishida harbiy xizmatchilarning amaliy mashgʻulotlarda toblanib borishi har tomonlama muhim ahamiyat kasb etadi.

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Andijon garnizonida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari bilan oʻtkazilayotgan jangovar tayyorgarlik boʻyicha tungi majmuaviy taktik oʻquv mashgʻulotlari shular jumlasidan.

Mashgʻulotda harbiy xizmatchilar tungi sharoitda bir nechta yagona toʻsiqlar yoʻlagidan qurol bilan, maʼlum bir masofani bosib oʻtish va belgilangan marrani egallash koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazishdi.

Shuningdek, guruh qurollaridan ham nishongacha boʻlgan masofalarni toʻgʻri hisoblash mashgʻulotlari aʼlo darajada bajarildi.

Bunday amaliy mashgʻulotlarda harbiy xizmatchilarning masofani toʻgʻri taqsimlash, jismoniy holatlarni barqarorlashtirish kabi sifatlari shakllanib, mahorati yanada oshadi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati