Baliqchi tumanida keng qamrovli yoshlar festivali oʻtkazildi

0
1677

Andijon viloyatining Baliqchi tumanida “Mahalla yoshlari, birlashaylik” shiori ostida keng qamrovli yoshlar festivali boʻlib oʻtdi.

Tadbirda mudofaa vazirining oʻrinbosari polkovnik Hamdam Qarshiyev, Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Andijon garnizoni harbiy xizmatchilari, Yoshlar ittifoqi vakillari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Tadbirda ertamiz davomchilarining qalbi va ongida sogʻlom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuygʻusini shakllantirish, ularni har jihatdan barkamol etib tarbiyalash hamda koʻzlagan orzu-maqsadlariga yetishishlari uchun sharoitlar yaratish, jarayonda davlat va jamoat tashkilotlari, mahalla-koʻy va harbiy xizmatchilar oʻzaro mustahkam hamkorlik qilishi muhimligi aytib oʻtildi.

Shuningdek, festivalda yoshlar oʻrtasida kitobxonlik, arqon tortish, zakovat oʻyinlari va bir qator harbiylashtirilgan musobaqalar ham boʻlib oʻtdi. Musobaqa gʻoliblari turli esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Harbiy orkestrning vatanparvarlik kuy-qoʻshiqlariga tomoshabinlar raqslarga tushib, tadbirga bahoriy kayfiyat ulashdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati