Samarqandda navbatdagi bitiruv tantanasi boʻlib oʻtdi

0
494

Markaziy harbiy okrugda joylashgan Qurolli Kuchlar kichik mutaxassislarni tayyorlash Markazida navbatdagi bitiruv tantanasi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, “Nuroniylar” kengashi Samarqand viloyati boʻlimi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi vakillari, faxriylar, ota-onalar hamda bir guruh yoshlar ishtirok etishdi.

Soʻzga chiqqanlar harbiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirar ekan, Markazda serjantlarni tayyorlash boʻyicha zamon talablariga javob beradigan samarali tizim yaratilganligi, natijada yuksak nazariy va amaliy bilimlarga ega boʻlgan harbiy xizmatchilar oʻz bilimi, malakasi mahorati bilan Qurolli Kuchlar saflaridan munosib oʻrin egallayotganligini alohida taʼkidlab oʻtishdi.

  

Shundan soʻng bitiruvchilarga sertifikat va koʻkrak nishonlari hamda bir guruhiga “kichik serjant” unvonlari berildi. Shuningdek, bir guruh bitiruvchilarga oʻquv-tarbiyaviy jarayonida bitiruv imtihonlarini aʼlo baxolarga topshirganligi uchun va oʻzlarining namunali xulqi, intizomi bilan safdoshlariga oʻrnak boʻlganligi uchun “Aʼlochi mutaxassis” koʻkrak nishoni topshirildi.

Tadbirning badiiy qismida kursantlarning qoʻl jangi boʻyicha koʻrgazmali chiqishlari, Samarqand garnizoni harbiy orkestr jamoasi va viloyat madaniyat boshqarmasining hushovoz xonandalari hamda “Samarqand shahar Barkamol avlod” bolalar maktabining bir guruh oʻquvchi yoshlar ishtirokida goʻzal kuy-qoʻshiqlar, raqslar namoyish etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati