Huquqiy bilimlarni oshirishga qaratilgan davra suhbatlari

2173

Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Aholining va harbiy xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga yoʻnaltirilgan tizimli choralar koʻrilmoqda.

Jumladan, Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Fargʻona garnizonidagi harbiy qismda ham korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy bilimlarni oshirishga qaratilgan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbirda okrug qoʻshinlari qoʻmondoni, Fargʻona harbiy prokuraturasi va boshqa huquq tartibot organlari xodimlari, harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Korrupsiyaning oldini olish, xizmat vazifalarini bajarish davomida qonunlar talablarini bilish muhim ahamiyat kasb etishi alohida taʼkidlab oʻtildi.

Xuddi shunday tadbir “Fargʻona” dala oʻquv maydonida ham tashkil etildi. Ishtirokchilarga qabul qilingan yangi qonunlarning mazmun-mohiyati va qonunosti xujjatlar boʻyicha tegishli maʼlumotlar berildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati