Ruhiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan mashgʻulotlar

0
3256

Harbiy xizmatchilarning ruhiy-psixologik holati ularning xizmat faoliyatida muhim ahamiyatga ega ekanligini hisobga olib, Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Fargʻona garnizonidagi harbiy qismda axloqiy-ruhiy barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan navbatdagi amaliy mashgʻulotlar boʻlib oʻtdi.

Uning avvalida mashgʻulot rahbari tomonidan harbiy xizmatchilarga tegishli yoʻriqnomalar va xavfsizlik qoidalari yetkazildi.

Mashgʻulotda harbiy xizmatchilar real vaziyatga yaqinlashtirilgan oʻquv maydonidagi yoʻlaklarda barpo etilgan toʻsiqlardan oʻtib, belgilangan mashqlarni bajardilar.

Mazkur mashqlar ruhiy barqarorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda yurt himoyachilaridan idrok va eʼtiborni toʻgʻri yoʻnaltirish talab etiladi.

Mashgʻulotlar davomida harbiy xizmatchilar real jang sharoitiga tez moslashish, nostandart vaziyatlarda toʻgʻri qaror qabul qilish kabi koʻnikmalarni mustahkamladilar.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati