Diqqat, eʼlon! “Urush xotiralarida” ijodiy ishlar koʻrik-tanlovi

632

Mudofaa vazirligi 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Urush xotiralarida” nomli ijodiy ishlar koʻrik-tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlov Ikkinchi jahon urushi maydonlarida hamda mashaqqatli mehnat frontida mardlik va jasorat koʻrsatgan barcha yurtdoshlarimizga hurmat va ehtirom koʻrsatish, ularning nomlarini abadiylashtirish, oʻzbek xalqining buyuk gʻalabaga qoʻshgan hissasini keng miqyosda yoritish hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, urush asoratlarini unutmaslikka chorlash maqsadida oʻtkazilmoqda.

Tanlov quyidagi yoʻnalishlarda oʻtkaziladi:

rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, xalq amaliy sanʼati, bayon, insho, esse va hikoyalar.

Tanlovda Oʻzbekistondagi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktablari, oliy taʼlim muassasalarining talabalari, oʻqituvchilar, sanʼat maktablarining oʻqituvchilari, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik instituti, “Hunarmand” uyushmasi aʼzolari va boshqalar ishtirok etishi mumkin.

Ushbu tanlov 2021-yildan boshlab har yili 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida oʻtkaziladi.

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar tanlov yakunlanishidan 30 kun oldin “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasiga quyidagilarni taqdim etishi lozim:

  • Tanlovda ishtirok etish uchun maʼlumotnoma (rezyume);
  • Pasport (ID-karta) nusxasi;
  • Maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat (diplom) nusxasi (mavjud boʻlsa);
  • Oʻqish yoki ish joyidan berilgan ijodiy tavsifnoma va maʼlumotnoma;
  • 3×4 oʻlchamdagi 1 ta va 9×12 oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
  • Tanlovda ishtirok etayotgan muallif tomonidan yaratilgan, badiiy jihatdan hamda badiiy bezak va mantiq jihatdan toʻliq yakunlangan ijod namunasi (asar).

Koʻngillilarning ushbu tanlovga taqdim etilgan materiallari va “Shon-sharaf muzeyi”dagi eksponatlar asosida “Xotiralardan oʻrin olgan tarix” kitobi yaratilishi rejalashtirilgan.

Tanlov gʻoliblari qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadilar.

Tanlovda ishtirok etishni xohlaganlar oʻz ijodiy ishlarini quyidagi manzilga “tanlovga” degan belgi va rasmiylashtirilgan ariza bilan olib kelishlari yoki yoʻllashlari soʻraladi:

100069, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sagʻbon koʻchasi, 382-uy.

Aloqa uchun telefonlar:

  • + 998 (97) 744 21 77
  • +998 (99) 860-18-87
  • +998 (94) 296 74 71

Tashkiliy qoʻmita