Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarining shahar va tumanlaridagi mudofaa ishlari boʻlimlari huzuridagi butlash, hududiy va hududiy-tibbiy komissiyalarida, shuningdek, Mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi rahbariyat kengashi hamda harbiy-tibbiy komissiyalarida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safini sogʻlom, har tomonlama yetuk, jismonan baquvvat, bilimli va vatanparvar chaqiriluvchilar bilan butlash boʻyicha qizgʻin ishlar olib borilmoqda.
Farzandini chaqiruv komissiyasidan oʻtish jarayonlarini toʻliq kuzatib borishi uchun yigʻin va chaqiruv punktlarida ota-onalar uchun maxsus xonalar tayyorlangan. Ushbu xonalarda monitorlar oʻrnatilib, chaqiruv jarayonlarini toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatish borish imkoni yaratilgan.
Joriy yilning 4-mart kunidan boshlab 8-aprel kuniga qadar mazkur komissiyalarning ijobiy tavsiyalariga ega boʻlgan, muddatli harbiy xizmatga rahbariyat kengashi qaroriga asosan tavsiya etilgan chaqiriluvchilarni qoʻshinlarga yoʻllash tadbirlari markazlashgan tarzda viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi yigʻin punktidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati