Navbatdagi bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi

0
2845

Fargʻona viloyatining Margʻilon shahridagi “Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi”da navbatdagi bitiruvchilarga sertifikat topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Margʻilon Arxitektura va qurilish texnikumi negizida tashkil etilgan ushbu markaz faoliyatini boshlaganiga uncha koʻp vaqt boʻlmagan boʻlsa-da, uchinchi mavsumni 172 nafar tinglovchi bitirib oʻz kasb-hunarlariga hamda ish joylariga ega boʻlgan.

Bugungi bitiruvchilar ikkinchi avgustda qabul qilingan edi. Mana bugun “Kran mashinisti” mutaxassisligini bitirgan 30 nafar yurtdoshimizga bitiruv sertifikatlari topshirildi.

Tadbir davomida oʻz kasb-hunariga ega boʻlish oilada va jamiyatda oʻz oʻrnini qatʼiy belgilashning bosh mezoni ekani aytib oʻtildi.

Sertifikat topshirish jarayonida namunali xulqi va harakatchanligi bilan ajralib turgan bitiruvchilar faxriy yorliq va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati