Yigʻinning ilk kunidanoq harbiycha hayot saboqlari

0
1172

Namangan viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorlash markazida bir haftalik yigʻinga jalb qilingan yoshlarning birinchi kuni ertalabki badantarbiya mashqlari bilan boshlandi.

Soʻngra kun tartibiga koʻra mashgʻulotlarga kirishildi. Jumladan, Namangan viloyati Adliya boshqarmasidan tashrif buyurgan mutaxassis tomonidan “Konstitutsiya-baxtimiz qomusimiz” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Kun davomida Yoshlar ishlari agentligi Namangan viloyati boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda huquq-tartibotni muhofaza qilish idoralari xodimlari ishtirokida yoshlar bilan “Yangi Oʻzbekistonda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar”, “Milliy armiyamiz saflarida xizmat oʻtashning huquqiy asoslari” va boshqa mavzularda mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Kunning ikkinchi yarmida yoshlar jamoaviy va yakka tartibda sport musobaqalarida ishtirok etdilar.

Yoshlar bilan oʻtkazilayotgan yigʻin davom etmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati