Mudofaa vaziri oʻrinbosari Soʻx tumani yoshlari bilan uchrashdi

0
1140

Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida ularning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, oʻz salohiyatini toʻlaqonli roʻyobga chiqarishlari uchun qulay imkoniyatlar yaratish, jamiyat va davlat ishida ishtirokini kengaytirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylandi.

Shu munosabat bilan Mudofaa vazirligi tomonidan ham qator ishlar va tadbirlar amalga oshirilmoqda. Kuni kecha Fargʻona viloyati Soʻx tumanida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini takomillashtirishga qaratilgan tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari polkovnik Hamdam Qarshiyev, Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligining masʼul ofitserlari va tuman mahallalarining yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

Vazir oʻrinbosari ertamiz davomchilarining muammolari bilan qiziqib, yoʻnalishlar boʻyicha oʻz taklif va mulohazalarini bildirdi hamda oʻtkazilayotgan vatanparvarlik tadbirlari yoshlarda nafaqat katta taassurot, balki ularning yurtga sodiq inson boʻlib xizmat qilishlarida muhim ahamiyatga ega boʻlishini taʼkidlab oʻtdi.

Uchrashuvdan soʻng vazir oʻrinbosari mahalla yoshlar yetakchilarining ish joylaridagi shart-sharoitlar bilan ham yaqindan tanishdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati