Harbiylar ham o‘quvchi bo‘lgan

0
545

“Hayotning bog‘boni — ustoz!” deydi yoshi ulug‘lar. Ustozni qadrlash, e’zozlash, uning darajasini otaga tenglashtirish azaldan yosh avlodga meros bo‘lib kelayotgan buyuk qadriyatlarimizdan biridir.

Bugun, 30-sentabr kuni erta tongdan Markaziy harbiy okrugning bir guruh harbiy xizmatchilari 1-oktabr — Oֲ‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan Jizzax shahridagi 1-sonli maktabga borishdi. Ustozlar harbiy bo‘lib tarbiyalangan o‘quvchilaridan tabrik so‘zi eshitib quvondi. Muallimalarga tutqazilgan gullar ularning kayfiyatini ko‘tardi.

   

Maktab o‘quvchilari askar akalarini ko‘rib havas qilishdi. Yakunda ustozlar uchun tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati