Harbiy okrug ofitserlari kompyuterlashtirilgan qoʻmondonlik-shtab oʻquvida ishtirok etmoqda

0
1383

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug boshqaruv apparati hamda uning boʻysinuvidagi harbiy qism va muassasalarning bir guruh masʼul ofitserlari “Chirchiq” poligoni hududida joylashgan Mudofaa vazirligining modellashtirish va simulyatsiya dala-oʻquv markazida kompyuter qoʻmondonlik-shtab oʻquvida ishtirok etmoqda.

Oʻquv davomida boʻlinma komandirlarining koʻnikmalarini mustahkamlash, jangovar-oʻquv harakatlarni modellashtirish va simulyatsiyasini oʻtkazish, kuch tuzilmalari bilan hamkorlikni takomillashtirish hamda har tomonlama qoʻshinlar taʼminotini yoʻlga qoʻyish masalalari koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.

Olib borilgan koʻplab tadqiqotlar natijasida zamonaviy jangni rejalashtirish jarayonida komandirlar tomonidan qabul qilingan qarorlarni har tomonlama tahlil etish orqali jangda gʻalabaga erishishning eng maqbul usullari oʻrganib chiqilmoqda.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati