Qurolli Kuchlar akademiyasida ogohlikka daʼvat qiluvchi tadbir oʻtkazildi

1189

Keyingi yillarda respublikamizda avtomobillar sonining ortishi natijasida yoʻl harakati qoidalarining buzilish holatlari tez-tez qayd etilib, uning oqibatida koʻplab insonlarning hayoti xavf ostida qolmoqda. Qayd etilayotgan holatlardan kelib chiqqan holda 11-fevral kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2022-yildan boshlab yoʻllarda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida barcha hududlarda “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” umummilliy dasturini amalga oshirish boʻyicha qoʻyilgan vazifalar bajarilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Davlatimiz rahbarining koʻrsatmalaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi hamda Toshkent garnizoni harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi hamkorligida Qurolli Kuchlar akademiyasida ushbu mavzuga bagʻishlangan profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbirda Respublika Harbiy prokurori yordamchisi, adliya polkovnigi Sherzod Hayitov hamda Toshkent garnizoni harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi boshligʻi Aziz Ahrorov ishtirok etib, taʼlim muassasi kursantlariga yoʻl harakati qoidalarining buzilish holatlarini keltirib chiqaradigan noxush voqealar haqida maʼlumot berdilar.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan tayyorlangan videorolik boʻlgʻusi ofitserlarni hushyorlikka hamda avtomobil boshqarish chogʻida aholi va shaxsning xavfsizligini taʼminlashga, inson omili bilan bogʻliq mudhish oqibatlarga olib kelmasligiga hamma birdek masʼuliyatli boʻlishga xizmat qildi.

Tadbir davomida Respublika harbiy prokurori yordamchisi, adliya polkovnigi Sherzod Hayitov “Qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarda ishtirok etish jinoyatga yetaklovchi yoʻl” mavzusidagi tegishli maʼlumotlarni misollar bilan yigʻilganlarga tushuntirib berdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti