Markazda ochiq eshiklar kuni oʻtkazildi

0
2811

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislar tayyorlash markazida Samarqand shahar ichki ishlar litseyi oʻquvchilari uchun ochiq eshiklar kuni oʻtkazildi.

Ertamiz egalari sayohat davomida kursantlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Dastlab ularga vatanparvarlik ruhidagi videoroliklar namoyish etildi. Soʻngra yoshlar zamonaviy mashgʻulot xonalari, qurol-aslaha hamda harbiy texnikalar koʻrgazmasi bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, oʻquvchilar harbiylar bilan dildan suhbat qurishdi va bugungi sayohat davomida olgan taassurotlarini oʻrtoqlashishdi hamda kursantlar oshxonasida birga tushlik qilishdi.

Bu sayohat ertamiz egalarini harbiy kasbga qiziqtirish, ularning ongu-tafakkuriga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini singdirish, milliy armiyamiz bilan faxrlanish tuygʻularini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi.

Kichik serjant Baxromjom USMANOV