Yangiariqda yoshlar festivali

0
2993

Xorazm viloyatining Yangiariq tumani markaziy o‘yingohida “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus doirasida festival tashkil etildi.

Unda 1000 nafardan ziyod yoshlar qatnashdi. Tadbirda tuman sektori rahbarlari, mudofaa ishlari bo‘limi va viloyat mutasaddilari qatnashdi.

Tadbir davomida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi, 15 turdagi sport o‘yinlari, rasm chizish, dorbozlarning chiqishlari, shuningdek, arzonlashtirilgan maishiy texnikalar savdosi ham tashkil etildi.

Yoshlarni vatanparvarlik, yurt taqdiri, kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni ish bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan keng qamrovli festival ishtirokchilarga kelajak maqsadlarini belgilab olishlarida ko‘mak berganiga shubha yo‘q.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati