Yosh vatanparvarlar hokim va qo‘mondon kubogi uchun bahslarga kirishdi

0
2550

Markaziy harbiy okrugining Jizzax garnizonida o‘tkazilayotgan “Yosh vatanparvarlar yig‘ini” ishtirokchilari o‘rtasida futbol bo‘yicha “Jizzax viloyati hokimi kubogi” hamda harbiy estafeta bo‘yicha “Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni kubogi” musobaqalariga start berildi.

Dastlab harbiy estafeta bo‘yicha bo‘lib o‘tgan bellashuvlar davomida har bir jamoadan 3 nafardan yoshlar ishtirok etib, ular 400 metr masofaga yugurib AK-74 avtomatini to‘liq va noto‘liq qismlarga ajratish, himoya liboslarini kiyish va u bilan yugurish kabi shartlarni bajarishdi.

Shundan so‘ng viloyat hokimi kubogi uchun mini futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.  Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tgan musobaqalar davomida yoshlar o‘zlarining jismoniy tayyorgarliklari qay darajada ekanini amalda namoyon etishdi.

Musobaqa g‘oliblari yig‘in yakunida tashkilotchilarning kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishadi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati