Havo hujumidan mudofaa boʻlinmalari mutaxassislarining oʻquv-uslubiy yigʻini

0
3114

Mudofaa vazirining tegishli buyrugʻiga asosan “Termiz” dala oʻquv maydonida harbiy okruglar quruqlikdagi qoʻshinlar havo hujumidan mudofaa boʻlinmalari boshliqlari hamda oliy harbiy taʼlim muassasalari havo hujumidan mudofaa kafedra hamda sikl boshliqlarining oʻquv-uslubiy yigʻiniga start berildi

Yigʻin avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi quruqlikdagi qoʻshinlar havo hujumidan mudofaa boʻlimi boshligʻi podpolkovnik Akbarali Sabitov qoʻshinlarimizning jangovar tayyorgarlik darajasini dunyoning eng ilgʻor armiyalari bilan tenglashtirish maqsadida bugun harbiy qism va muassasalarda barcha zarur moddiy-texnik asoslar, harbiy xizmatchilar uchun kerakli sharoitlar yaratilganini qayd etdi. Tinchligimiz posbonlari faqat oʻqib-izlanib, oʻz ustida ishlashlari, eng soʻnggi zamonaviy bilimlarni oʻzlashtirishlari lozimligini taʼkidladi.

Mazkur dala oʻquv yigʻini mavjud tajribalarni yanada takomillashtirib, jangovar oʻquvlarni tashkil etish, zamonaviy talablar boʻyicha egallangan bilim va koʻnikmalarni mustahkamlash maqsadida oʻtkazilmoqda.

Oʻquv yigʻinning dastlabki kunida ishtirokchilar bilan saf koʻrigi oʻtkazildi hamda jismoniy tayyorgarlik jarayonlarini yangicha usullarda olib borish yuzasidan amaliy mashgʻulotlar tashkil etildi.

Shuningdek, yigʻin rejasiga asosan harbiy okruglar quruqlikdagi qoʻshinlar havo hujumidan mudofaa boʻlinmalari boshliqlari tomonidan tayyorlab kelingan hisobot maʼruzalari tinglandi.

Oʻquv-uslubiy yigʻin joriy yilning 25-fevral kuniga qadar davom etadi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni