Samarqandda “Balli, ayollar” koʻrik-tanlovining harbiy okrug bosqichi boʻlib oʻtdi

2774

Samarqand garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Markaziy harbiy okrug harbiy qism va muassasalarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning turmush oʻrtoqlari oʻrtasida “Men namunali harbiy oila bekasiman” shiori ostida “Balli, ayollar” koʻrik-tanlovining harbiy okrug bosqichi boʻlib oʻtdi. Koʻrik-tanlovda Navoiy, Jizzax, Kattaqoʻrgʻon va Samarqand garnizoni harbiy qism va muassasalaridan 14 nafar harbiy oila bekalari ishtirok etdi. Tanlov qatnashchilari “Men namunali harbiy oila bekasiman”, “Ignadan ip oʻtmasa”, “Uddaburon va zukko ayol” hamda “Biz Toʻmaris izdoshlarimiz” nomli toʻrtta shart boʻyicha oʻzaro belashdilar.

Ularning chiqishlarini shaffof va odilona baholash maqsadida davlat va jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat hakamlar hayʼati tayinlandi.

Qizgʻin bahs va munozaralarga boy tarzda oʻtgan koʻrik-tanlov yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:

  • 3-oʻrin – Samarqand garnizonidan Diyora Meliqoʻziyeva;
  • 2-oʻrin – Samarqand garnizonidan Sarviniso Jumayeva;
  • 1-oʻrin – Jizzax garnizonidan Xurshida Mirkomilova.

Gʻoliblarga okrug qoʻmondonining diplom va pul mukofoti hamda 1-oʻrini egalagan Xurshida Mirkomilova Mudofaa vazirligi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Tadbir yakunida viloyati xonandalari ijrosida kuy-qoʻshiqlar taqdim etilib, tanlovga bayramona ruh bagʻishladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati