Saxovatning savobi ulkan

0
2761

Saxovat, mehr-muruvvat azal-azaldan xalqimizga xos ulugʻ qadriyat sanaladi. Kam taʼminlangan, ehtiyojmand, nogironligi bor oilalar holidan xabar olish, ularni jamiyatning faol aʼzolari safiga qoʻshish bugun davlat siyosati darajasiga koʻtarilmoqda.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni oʻrinbosari, tuman hokimi va bir guruh mahalla faollari Buxoro tumani “Rabotak” mahallasidagi nogironligi bor insonlar istiqomat qiluvchi oilalar holidan xabar olib, nogironlik aravachasi va sovgʻa-salom bilan ularning koʻngillarini koʻtarishdi.

Harbiy xizmatchilar tomonidan ularning hovlisini tozalash, taʼmirtalab joylarini obod qilish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, harbiy okrug qoʻmondonligi tomonidan bir nechta tovuq va quyonlar, parrandalarni yetishtirishga moʻljallangan qafas bilan birga sovgʻa qilindi. Tuman hokimi esa qimmatbaho sovgʻalar topshirib, har qanday koʻmakka tayyor ekanligini bildirdi.

Bu kabi ezgu ishlar kambagʻallikni qisqartirish, hech bir inson eʼtibordan chetda emasligining isboti oʻlaroq namoyon boʻlmoqda.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati