Qashqadaryoning olis hududlaridagi harbiy-vatanparvarlik festivallari

0
748

Qashqadaryo viloyatidagi Koson tumanining Alachabob qishlogʻida joylashgan “Turon maʼdanli suvi” sanatoriyasi hududida harbiy-vatanparvarlik festivali boʻlib oʻtdi. Unda Janubi-gʻarbiy maxsus harbi y okrugi, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi va Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻmondonligiga qarashli Qashqadaryo viloyatida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari,  Koson tuman hokimligi hamda  hududda istiqomat qiluvchi aholi va yoshlari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida yoshlar oʻrtasida turli sport musobaqalar ham tashkil etildi. Barcha qatnashchilar bellashuvlarda oʻz mahoratlarini namoyish etishdi. Bundan tashqari rassomchilik va xunarmandlik yoʻnalishlarida ham yoshlar oʻz isteʼdodlarini koʻrsatishdi.

Festivalda xushovoz xonandalar, havaskor baxshilar tomonidan Vatanni, tinchlikni ulugʻlovchi kuy-qoʻshiqlar ijro etildi. Yurt posbonlarining koʻrgazmali chiqishlari yigʻilganlarda ulkan taassurot qoldirdi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati