Desantchilar amaliy sakrash mashgʻulotlarida

0
3497

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari “Fargʻona” dala oʻquv maydonida harbiy xizmatchilar bilim va koʻnikmalarini mustahkamlash hamda kasbiy mahoratlarini oshirish maqsadida parashyutlar bilan amaliy sakrash mashqlarini bajardilar.

Harbiy xizmatchilarning alohida oʻquv nuqtasiga yetib kelishi bilan mashgʻulot rahbari tomonidan nazariy tekshiruvlar oʻtkazildi. Tekshiruv davomida sakrashga tayyorgarlik koʻrish uchun birinchi navbatda deantchilarning axloqiy-ruhiy holati koʻzdan kechirilib, soʻngra ularga xavfsizlik qoidalari yetkazildi.

Yoʻriqnomadan oʻtgan harbiy xizmatchilar birin-ketin havoda amaliy sakrash mashgʻulotlarini bajarish uchun uchar texnikalar sari yoʻl oldilar.

Uchar texnikadan sakragan desantchidan havodagi mashqlarni bajarish davomida qoidaga koʻra harakatlanish, oʻzini boshqarish, muvozanatni saqlash, bundan tashqari guruhni yer releflarida koʻrsatilgan nuqtaga boshqarib borish kabi amaliyotlar talab etiladi.

Desantchining shaxsiy yuk qopi hajmi kengaygani oʻz navbatida zaruriy anjomlarning hajmi va soni ortganligini, bu esa qoʻyilgan topshiriqni yanada samarali bajarish imkonini beradi.

Amaliy sakrash mashgʻulotlari davom etmoqda.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati