Qoʻshtepa ahli harbiylar tashrifidan mamnun

0
2767

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari harbiy xizmatchilari tomonidan Fargʻona viloyatining Qoʻshtepa tumanidagi olis mahallalarda yoshlar uchun harbiy-vatanparvarlik festivali oʻtkazildi.

Tadbirda harbiy okrug qoʻmondonligi, Fargʻona harbiy prokuraturasi, mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, faxriylar va mahalla aholisi ishtirok etdi.

Tadbir ertalabdan “Sogʻlom hayot uchun besh ming qadam” marshi bilan boshlandi. Shundan soʻng ishtirokchilar turli jismoniy mashqlarni bajarishdi.

Yoshlar oʻzaro voleybol, shaxmat va shashka, arm wrestling, oʻzbek jang sanʼati va boshqa bir qator sport turlari boʻyicha oʻzaro bellashdilar.

Festival davomida “Vatanparvar” tashkilotining avto va moto koʻrgazmalari namoyish etildi.

Tashkil etilgan tadbir kelajak avlodlarini milliy armiyamizda xizmat qilishga qiziqtirish bilan birga ularning mamlakat ravnaqi uchun daxldorlik tuygʻularini oshirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati