“Forish” togʻ poligonida yoʻriqchi-serjantlar bilan oʻquv-uslubiy yigʻin oʻtkazilmoqda

0
2759

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi rahbariyati tomonidan oddiy askar va serjantlar tarkibiga mansub kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarning kasbiy mahoratlarini yanada oshirish, jangovar tayyorgarlik tadbirlarini sifatli tashkillashtirish va oʻtkazishga zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Mudofaa vazirligi qoʻshinlaridagi yoʻriqchi-serjantlarning oʻz boʻysunuvchi boʻlinmalarida mutaxassislarni sifatli oʻqitishni taʼminlash, qoʻshinlar jangovar tayyorgarlik darajasini oshirish hamda yoʻriqchi-serjantlarning tayyorgarlik darajasini va amaliy koʻnikmalarini yanada oshirish maqsadida “Forish” togʻ oʻquv poligonida yoʻriqchi-serjantlar bilan oʻquv-uslubiy yigʻin oʻtkazilmoqda.

Oʻquv-uslubiy yigʻinning asosiy vazifalari quyidagilardir:

  • yoʻriqchi-serjantlarning kasbiy mahoratlari va amaliy koʻnikmalarini oshirish;
  • jangovar tayyorgarlik tadbirlarini tashkillashtirishda va shaxsiy tarkibni oʻqitishda yoʻriqchi-serjantlarning uslubiy bilimlarini takomilashtirish;
  • har bir yoʻriqchi-serjantning kasbiy tayyorgarlik darajasini aniqlash;
  • yoʻriqchi-serjantlarning yetakchilik va uslubiy tayyorgarlik qobiliyatlarini takomillashtirish;
  • yoʻriqchi-serjantlarning oʻz kasbiga boʻlgan sadoqat hissini yanada oshirish.

Oʻquv uslubi yigʻin 10 kun davom etadi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati