“Buyuk meros – tugallanmas xazina”

0
1204

Adabiyotimizning yirik vakillaridan biri, sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan alloma Zahiriddin Muhammad Boburning serqirra ijodi allaqachon xalqimizning maʼnaviy boyligiga aylanib ulgurgan.

Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari qoʻmondonligiga qarashli Xonobod garnizonida joylashgan harbiy qismlarda ham shoir tavalludiga bagʻishlab “Buyuk meros – tugallanmas xazina” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda Qarshi shahrida joylashgan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi va “Parvoz” mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan 67-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Tadbir davomida oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida Bobur hayoti va ijodi boʻyicha “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi. Zukko bilimdonlar ishtirokidagi bellashuv qiziqarli tarzda boʻlib, har bir qatnashchi oʻz bilimlarini mustahkamlab oldilar.

Shuningdek, tadbir doirasida oʻquvchilar bu yerda joylashgan harbiy qismlar faoliyati, unda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati