Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug boshqaruv apparati katta majlislar zalida buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan “Buyuk sarkarda va shoir” nomli adabiy kecha boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Qarshi davlat universiteti oʻqituvchilari, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat boʻlimi vakillari, Qarshi shahar bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilari hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.
Soʻz olganlar tomonidan Bobur hayoti va ijodiy faoliyati, u qoldirgan maʼnaviy meros haqidagi maʼlumotlar keltirib oʻtildi. Yosh ijodkorlar tomonidan shoir qalamiga mansub gʻazallar kuyga solinib ijro etilgani esa yigʻilganlarda katta taasurot qoldirdi.
Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati