Bobur tugʻilgan diyorda uning siymosiga ehtirom koʻrsatildi

0
2345

14-fevral, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539-yilligi munosabati bilan Andijon shahrida erta tongdan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda Andijon viloyati va shahar hokimligi, Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Andijon garnizoni harbiy xizmatchilari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda faxriylar va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda Zahiriddin Muhammad Bobur oʻzining 47 yillik umri davomida avlodlarga ibrat namunasi boʻlishga ulgurgani, hayoti mobaynida yuz yil yashab ham uddalab boʻlmas ishlarni ado etgani eʼtirof etildi. Bobur oʻz davrining shoh va shoirligidan tashqari, ulkan tarixchisi, etnograf, oʻlkashunos, biolog, geograf, dinshunos olimi sifatida ham dovrugʻ topgani aytib oʻtildi.

Shundan soʻng Andijon shahrining koʻrkam mavzelaridan birida qad rostlagan Bobur haykali poyiga gullar qoʻyilib, hurmat bajo keltirildi.Yoshlar tomonidan Bobur ijodidan namunalar oʻqildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati