Fargʻonada Bobur ijodi bilimdonlari bellashdi

0
2178

Yurtimizda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagʻishlangan tadbirlar keng qamrovda oʻtkazilmoqda.
Jumladan, Fargʻona garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazida, Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlarining harbiy qism harbiy xizmatchilaridan tashkil topgan jamoalar ishtirokida “Bobur izdoshlari” intellektual bahsi boʻlib oʻtdi.
Dastavval soʻzga chiqqanlar tomonidan joriy yilda mutafakkirning 539-yilligi nishonlanishi, sarkardalik va ijodkorlik mahorati, birgina “Boburnoma” memuaridagi qimmatli maʼlumotlar muhim manba boʻlib xizmat qilayotgani taʼkidlandi.

Ishtirokchilar savol-javob, bahru bayt hamda sahna koʻrinishi shartlarida bellashdilar.
Har bir shartda ishtirokchilar Bobur siymosini yaratishga intildi.
Yakunga koʻra Fargʻona viloyati Quva tumanidagi harbiy qismning “Boburiylar” jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Gʻoliblar okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi tomonidan faxriy yorliq va sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati