Qashqadaryoda yoshlar o‘rtasida 10 dan ortiq sport turlari bo‘yicha bahslar o‘tkazildi

0
954

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida “Milliy armiyamiz yoshlar nigohida” shiori ostida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, besh muhim tashabbusni targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida “Amir Temur izdoshlari”, “Jaloliddin Manguberdi vorislari ” nomli harbiy-sport musobaqalari tashkil etildi.

Minglab uyushmagan yoshlarni birlashtirgan mazkur sport musobaqalarida mini futbol, boks, arqon tortish, shaxmat-shashka, stol tennisi, kamondan va pnevmatik quroldan o‘q otish va ko‘pkari kabi 10 dan ortiq sport turlari bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tdi.

Musobaqalarda faollik ko‘rsatib muvaffaqiyatga erishgan barcha ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. Harbiy orkestr, mudofaa va milliy gvardiya harbiylarining sahnalashtirilgan chiqishlari yig‘ilganlarda katta taasurot qoldirdi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati