Bo‘lajak harbiy oshpazlar amaliy mashg‘ulotda

0
487

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazi o‘z faoliyatini 2019-yildan boshlab, bugungi kunga qadar yuzlab tayyor mutaxassislarni Qurolli Kuchlar safiga yetkazib berdi.

Markaz armiya uchun “V” va “VS” toifasidagi yengil va og‘ir harbiy avtomobillarni boshqaradigan haydovchilar, “Dizelchi-elektrik” va “Oshpazlar”ni yetishtirish barobarida yoshlarni ma’naviy-axloqiy hamda harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalab keladi.

Oshpazlik yo‘nalishida tahsil olayotgan kursantlar navbatdagi mashg‘ulotini amaliy tarzida, markaz hovlisida maxsus jihozlangan joyda o‘tkazdi. Unda bo‘lajak harbiy oshpazlar dala ovqat tayyorlash uskunasida mazali taom tayyorlash sirlarini mahoratli o‘qituvchilar ko‘magida o‘rgandi.

 

Shuningdek, mashg‘ulot davomida salat tayyorlash, dasturxonlarni yozish bo‘yicha ko‘nikmalar amalda mustahkamlandi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati