Mirzachoʻldagi 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan aholini bir joyga jamlagan festival

0
852

Shu kunlarda yurtimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qoʻyishlari uchun barcha sharoitlarni yaratishga qaratilgan bir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu tadbirlardan biri Jizzax viloyatining markazidan 80 kilometr olis masofada va chegara hududida joylashgan Mirzachoʻl tumani boʻldi.

Festivaldan maqsad, oʻsib kelayotgan yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, hayotdagi roli va ijtimoiy faolligini oshirish, isteʼdodi va tashabbuslarini ragʻbatlantirish hamda hayotda oʻz oʻrnini topishga qaratilgandir.

Dastavval harbiy orkestrning jarangdor kuy sadolari ostida milliy armiyamizning mard va jasur oʻgʻlonlari hamda Gagarin shahridagi mahallalardagi bir guruh yoshlar markaziy koʻchalar boʻylab saf bilan yurib oʻtishdi.

Ular ortida mahalliy aholining 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgani mahalla markaziga jam boʻlishdi.

Oʻzgacha oʻtkazilgan festivalda Jizzax garnizoni harbiy orkestr jamoasining Vatan, tinchlik kabi neʼmatlarni ulugʻlovchi kuy-qoʻshiqlari qalblarda doʻstlik, mardlik, fidoyilik, daxldorlik, shukronalik kabi tuygʻularni joʻsh urdirdi.

Axoli va yoshlarning yuziga tabassum, qalbiga esa gʻurur va ixtixor ulashishni maqsad qilgan harbiy xizmatchilarning qoʻl jangi chiqishlari olqishlar bilan yuksak baholandi.

Festival davomida mahalladagi yoshlar ortasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish maqsadida bir qancha sport musobaqalari ham oʻtkazildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati