Yoshlarda daxldorlik hislarini shakllantirgan tadbir

0
908

Mudofaa vazirligining Toshkent viloyati Bekobod shahrida joylashgan harbiy qismi harbiy xizmatchilari tomonidan Bekobod shahridagi 16-umumiy oʻrta taʼlim maktabida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539-yilligiga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda keng jamoatchilik vakillari, harbiylar, ularning oila aʼzolari va maktab oʻquvchilari ishtirok etdi. Tadbir mehmoni falsafa fanlari doktori, professor, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi eksperti, xalqaro toifadagi spiker Jamila Shermuhammedova mavzu yuzasidan hamda mamlakatimizda Yangi Oʻzbekiston va Uchinchi Renessansni qurish boʻyicha qilinayotgan ishlar va milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr bildirib oʻtdi.

Ishtirokchilar mavzuga doir oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Maktab oʻquvchilar tomonidan buyuk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub asarlardan parchalar aks ettirilgan sahna koʻrinishlari namoyish etib, kuy va raqslar ijrosi tadbirga yanada koʻtarinki kayfiyat ulashdi.
Yakunda harbiy xizmatchilar tomonidan uyushtirilgan zamonaviy qurol-aslahalar koʻrgazmasi namoyish etildi va oʻquvchi yoshlar harbiy xizmatchilar bilan harbiy sohaga oid mavzularda suhbatlashdilar. Boʻlib oʻtgan tadbir maktab oʻquvchilarida yurt ravnaqi uchun daxldorlik hislarini shakllantirishda katta hissa qoʻshdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti