Jizzax garnizonidagi harbiy qismda mahalla yoshlari uchun ochiq eshiklar kuni oʻtkazildi

622

Markaziy harbiy orkugning Jizzax garnizonida joylashgan harbiy qismda Doʻstlik tumanida istiqomat qiluvchi uyushmagan yoshlar uchun “Er yigitning er yigitga aytgan gapi taʼsirli boʻladi” shiori ostida ochiq eshiklar kuni oʻtkazildi.Harbiy qism boʻylab maroqli mazmunli sayohat qilgan yoshlar uchun dastlab sohibqiron Amir Temur va sarkarda Jaloliddin Manguberdi sinflarida yaratilgan shart-sharoitlar hamda ajdodlarimiz haqida batafsil maʼlumotlar berildi.Harbiy qism oʻquv sinflari, yotoqxona, oshxona, madaniyat markazi va sport majmualarida yaratilgan sharoit va imkoniyatlar tadbirda ishtirok etgan yoshlar qalbida, “Men ham Vatan himoyachisi boʻlaman”, degan istaklarni shakllantirdi.

Umuman olganda, harbiy qism boʻylab qilingan sayohat mahalla yoshlarini ertangi kunda toʻgʻri yoʻlni tanlashi va oʻzlarida vatanparvarlik hislarini oshirishiga munosib xizmat qildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati