Navoiyda buyuk mutafakkir ijodi ulugʻlandi

0
870

Markaziy harbiy okrugning Navoiy garnizonida Alisher Navoiy asarlarida teran ifoda topgan milliy va umuminsoniy gʻoyalarning jahon tamaddunida tutgan oʻrnini hamda ulugʻ mutafakkirning adabiy-ilmiy merosini yoshlar orasida yanada keng targʻib etish maqsadida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.Unda professor-oʻqituvchilar, faxriylar, oʻquvchi yoshlar hamda harbiy xizmatchilar qatnashdi. Adabiyot kechasida mutafakkir bobomiz oʻzining boy maʼnaviy merosi bilan insoniyat tamadduniga ulkan hissa qoʻshgani alohida taʼkidlandi.

Xususan, Navoiy asarlarida ilgari surilgan umumbashariy gʻoyalar jamiyatda inson qadrini ulugʻlashga, mamlakat taqdiri uchun munosib avlodlarni kamol toptirishga, yoshlarning maʼnaviy-axloqiy fazilatlarini yuksaltirishga xizmat qilishi aytib oʻtildi. Shundan soʻng oʻquvchi yoshlar hamda tadbir ishtirokchilari tomonidan Alisher Navoiy hayoti va ijodi toʻgʻrisida sahna koʻrinishlari namoyish etilib, gʻazal va ruboiylari oʻqildi. Tadbir yakunida bir guruh faol yoshlarga tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati