Kattaqo‘rg‘onda harbiy xizmatchilar Navoiyni yod etdi

0
907

Shu kunlarda butun mamlaktimiz boʻylab soʻz mulkining sultoni, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.

Xususan, sanʼat va adabiyotga oshno boʻlgan harbiy xizmatchilar tomonidan ham shoirning gʻazallari va ruboiylari yod aytilmoqda.

Bu borada Kattaqoʻrgʻon garnizoni harbiy xizmatchilari oʻz oila aʼzolarida buyuk ajdodlarimiz merosini yanada chuqur oʻrganishi va dunyoga keng tarannum etish maqsadida ular ishtirokida “Nazm va navo” kechasi oʻtkazdi.

Kattaqgʻoʻrgʻon shahridagi Bolalar musiqa va sanʼat maktabida boʻlib oʻtgan tadbirda Navoiyning hayoti va ijodi, uning oʻzbek adabiyotiga qoʻshgan hissasi haqida soʻz yuritildi.

Shuningdek, tadbir davomida harbiy xizmatchilar hamda ularning farzandalari tomonidan shoir hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari, harbiy orkestr ijrosida kuy- qoʻshiqlar ijro etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati