Jizzaxda navoiyxonlik kechasi oʻtkazildi

0
1082

Ulugʻ ajdodimiz, soʻz mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligi munosabati bilan Jizzax garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazida navoiyxonlik kechasi oʻtkazildi

Unda ishtirokchilar mutafakkir bobomizning hayoti va ijodi, gʻazal va ruboiylari borasida bellashib, umri davomida bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlarida shaxsiy ibrat koʻrsatganini turli sahna koʻrishlari orqali namoyish etishdi.

Yoshlar Alisher Navoiy asarlarida olgʻa surilgan el-ulus xizmatida boʻlishdek sharafli kasb egasi boʻlishning hikmati, xalq manfaatlari har narsadan ustunligi, vafo, sadoqat kabi tuygʻular ulugʻlanishini ishtiroki davomida ongu shuuriga chuqur singdirishdi.

Ishtirokchilarning har bir shart boʻyicha chiqishlari hakamlar tomonidan munosib baholanib, gʻolib va sovrindor jamoalar faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari taqdirlanishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati