Navoiy – bahosiz bitiklar muallifi

0
2214

Mudofaa vazirligining Toshkent garnizonida joylashgan harbiy qismlaridan birida buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligiga bagʻishlangan tadbir harbiy xizmatchilari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida oʻtkazildi. Tadbirda buyuk bobokalonimiz qalamiga mansub asarlardan parchalar, aks ettirilgan sahna koʻrinishlari barchada iliq taasurot qoldirdi.
Harbiylar va navoiyshunos olimlaru sanʼatkorlar qatnashgan tadbir davomida Navoiy merosi mavzu va janrlari boʻyicha turli ekani, uning asarlari XV asrdan hozirgi kunga qadar oʻzbek adabiyoti rivoji uchun xizmat qilib kelayotgani, adib ijodi asrlar davomida barcha ijodkorlar uchun ilhom manbai ekani alohida taʼkidlandi.

Bu kabi tadbirlar harbiy xizmatchilar hamda yoshlarimizni buyuk bobokalonlarimizning ijodiy va maʼnaviy merosiga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti