Samarqand va Jizzax garnizonida mahalla yoshlari uchun harbiy qismlarda ochiq eshiklar kuni oʻtkazildi

0
2259

Markaziy harbiy okrugning Samarqand hamda Jizzax garnizonlaridagi harbiy qismlarda mahallalardagi uyushmagan va profilaktik hisobda turuvchi yoshlar hamda oʻquvchi yoshlar uchun ochiq eshiklar kuni oʻtkazildi.

Unda mahalla yoshlarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni hamda boʻsh vaqtlarini maroqli oʻtkazishni maqsad qilgan tashkilotchilar ularga harbiy qismda yaratilgan shart-sharoitlar bilan birga bugungi milliy armiyamizning qudrati haqida maʼlumot berishdi.

Yoshlar harbiy qism boʻylab yotoqxona, oshxona, oʻquv binolari, kutubxona bilan tanishib oʻzlarida milliy gʻurur va iftixor tuygʻusini shakllantirgan boʻlsa, harbiy xizmatchilar tomonidan namoyish etilgan qurol-aslaha va harbiy texnikalar koʻrgazmasi hamda qoʻl jangi sanʼati chiqishlari kelgusida harbiy boʻlish kabi orzularini uygʻotdi.

Shu kuni oʻquvchi yoshlar bilan harbiy qismda yaratilgan Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi oʻquv sinf xonalarida buyuk ajdodlarimiz hayoti va ularning harbiy jang sanʼatiga bagʻishlangan oʻquv darslari ham oʻtkazildi.

Umuman olganda harbiy qismda yaratilgan sharoitlar hamda harbiy xizmatchilarning mashgʻulot jarayonlari yoshlar qalbiga unitilmas onlarni taqdim etdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati